遇见数据集

ABDULLA QAHHOR ASARLARIDA IQTISODIY QIYINCHILIKLAR VA XALQ TURMUSHI TASVIRI

收藏
Zenodo2026-05-08 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada Abdulla Qahhor asarlarida iqtisodiy qiyinchiliklar va xalq turmushi masalalarining badiiy talqini ilmiy asosda tahlil qilingan. Yozuvchining Sarob, O‘tmishdan ertaklar, Anor, Qo‘shchinor chiroqlari kabi asarlarida oddiy xalq hayoti, kambag‘allik, moddiy yetishmovchilik, ijtimoiy tengsizlik hamda mehnat bilan bog‘liq muammolar realistik usulda tasvirlangani ochib berilgan. Maqolada iqtisodiy qiyinchiliklarning inson ruhiyatiga ta’siri, oilaviy munosabatlardagi o‘rni va jamiyatdagi adolatsizlik bilan bog‘liq jihatlari badiiy misollar asosida yoritilgan. Shuningdek, yozuvchining xalq hayotini haqqoniy va tabiiy tasvirlashdagi mahorati, satirik hamda psixologik tasvir vositalaridan foydalanish uslubi ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqot davomida Abdulla Qahhor asarlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning bugungi davr bilan bog‘liqligi va ularning zamonaviy talqini haqida ham fikr yuritilgan. Maqola natijalari yozuvchi ijodining o‘zbek adabiyotidagi o‘rni, badiiy-estetik va tarbiyaviy ahamiyatini ochib berishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-08
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务