ZAMONAVIY MUSIQA TA'LIMIDA DUTОR IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada o‘zbek milliy musiqa madaniyatining muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan dutor cholg‘usini zamonaviy musiqa ta’limi tizimida o‘qitishning pedagogik, metodik va ijrochilik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda, ayniqsa, Bolalar musiqa va san’at maktablarida dutor ijrochiligini boshlang‘ich bosqichdan samarali shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Dutor ijrochiligini o‘rgatishda an’anaviy “ustoz-shogird” tajribasini zamonaviy pedagogik texnologiyalar, individual ta’lim strategiyalari, audio-video vositalari va raqamli resurslar bilan uyg‘unlashtirish zarurligi asoslanadi. Tadqiqot davomida BMSMlarda uchraydigan asosiy muammolar, jumladan, o‘quvchilarning musiqiy tayyorgarlik darajasi o‘rtasidagi tafovut, dutorni to‘g‘ri ushlash va ijro holatini shakllantirishdagi qiyinchiliklar, o‘ng va chap qo‘l harakatlarining muvofiqlashmaganligi, ritmik aniqlikning yetarli darajada shakllanmasligi, repertuarning o‘quvchining individual imkoniyatlariga har doim ham mos kelmasligi, mustaqil mashg‘ulot ko‘nikmalarining sustligi hamda sahna tajribasining yetishmasligi tahlil qilinadi. Mazkur muammolarni bartaraf etish uchun bosqichma-bosqich ta’lim, differensial va individual yondashuv, texnik mashqlar tizimini takomillashtirish, milliy va zamonaviy repertuarni uyg‘unlashtirish, muntazam nazorat va refleksiya, shuningdek, ansambl va sahna amaliyotini kuchaytirish bo‘yicha metodik takliflar ishlab chiqiladi.



