BIOMASSA ASOSIDAGI OZUQALARNING OZUQA KONVERSIYASI VA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGIGA TA'SIRI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada biomassa asosidagi ozuqalarning ozuqa konversiyasi va ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri Sirdaryo viloyati misolida o‘rganilgan. Tadqiqotda qishloq xo‘jaligi chiqindilari va mahalliy biomassa resurslaridan tayyorlangan ozuqalarning chorvachilikda qo‘llanilishi, ularning an’anaviy ozuqalarga nisbatan iqtisodiy va zootehnika ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Biomassa asosidagi innovatsion ozuqalarning hayvonlar organizmida oziq moddalar hazm bo‘lish darajasini yaxshilashi, ozuqa sarfini kamaytirishi hamda ozuqa konversiyasi samaradorligini oshirishi asoslab berilgan. Shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va chorvachilik xo‘jaliklarining rentabelligini oshirish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari biomassa resurslaridan oqilona foydalanish chorvachilikda iqtisodiy samaradorlikni oshirishning muhim omili ekanligini ko‘rsatadi.



