GLOBAL FOIZ STAVKALARI O'ZGARUVCHANLIGI SHAROITIDA RIVOJLANAYOTGAN MAMLAKATLAR TASHQI QARZ BARQARORLIGI MODELLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada global moliya bozorlarida foiz stavkalarining o‘zgaruvchanligi sharoitida rivojlanayotgan mamlakatlar, xususan O‘zbekiston Respublikasi tashqi qarzining barqarorligini ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Dunyoning yetakchi markaziy banklari (AQSH Federal zaxira tizimi va Yevropa Markaziy banki) tomonidan inflyatsiyaga qarshi kurashish maqsadida foiz stavkalarining oshirilishi xalqaro kredit bozorlarida qarz mablag‘larining qimmatlashishiga va rivojlanayotgan davlatlar uchun qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlarining keskin oshishiga sabab bo‘ldi. Maqolada tashqi qarz barqarorligini baholashning an’anaviy ko‘rsatkichlari, qarzning valyuta tarkibi, foiz turlari (qat’iy va o‘zgaruvchan) hamda to‘lov grafigi bilan bog‘liq xatarlar empirik tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2020–2024 yillardagi davlat tashqi qarzi dinamikasi, sohaviy taqsimoti va xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Tadqiqot yakunida tashqi qarz portfelida valyuta risklarini kamaytirish, ichki moliya bozorini rivojlantirish va jalb qilingan kreditlarning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.



