遇见数据集

2-TIP QANDLI DIABETLI BEMORLARNING DAVOLANISHGA MOYILLIKLARINI HUDUDLAR KESIMIDA SOLISHTIRMA O'RGANISH VA UNI TAKOMILLASHTIRISH (ANDIJON VILOYATI MISOLIDA)

收藏
Zenodo2026-04-21 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu tezisda Andijon viloyatida 2-tip qandli diabetli bemorlarning davolanishga moyilliklarini hududlar kesimida solishtirma o‘rganish va uni takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot kesma dizaynda o‘tkazilib, jami 420 nafar bemor (210 nafari shahar hududidan va 210 nafari qishloq tumanlaridan) ishtirok etgan. Ma’lumotlar Morisky Medication Adherence Scale (MMAS-8) yordamida yig‘ilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bemorlarning umumiy davolanishga moyilligi past bo‘lib, 48,1 % da past moyillik qayd etilgan. Qishloq hududlarida past moyillik 58,6 % ni tashkil etgan bo‘lsa, shahar hududida bu ko‘rsatkich 37,6 % ga teng bo‘ldi (p < 0,001). Glyukoza nazorati (HbA1c <7 %) faqat 34,8 % bemorlarda qoniqarli darajada bo‘lib, qishloq hududida bu ko‘rsatkich 27,6 % ni tashkil etgan. Davolanishga past moyillikka eng kuchli ta’sir etuvchi omillar sifatida dori-darmonlarning yuqori narxi va mavjud emasligi, mutaxassisga murojaat qilishdagi qiyinchiliklar, bilim darajasining pastligi va oilaviy qo‘llab-quvvatlashning zaifligi aniqlandi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-21
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务