KATTA HAJMDAGI BIOMEDITSINA SIGNALLARGA PARALLEL RAQAMLI ISHLOV BERISH MODELI
收藏资源简介:
Biomeditsina signallarini qayta ishlash zamonaviy tibbiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Elektroensefalografiya (EEG), elektrokardiografiya (EKG), elektromiografiya (EMG), magnit-rezonans tomografiya (MRT) va boshqa diagnostik tizimlar tomonidan hosil qilinadigan katta hajmdagi ma’lumotlar real vaqt rejimida samarali tahlil qilishni talab etadi. An’anaviy ketma-ket hisoblash usullari katta hajmdagi ma’lumotlarga ishlov berishda vaqt va resurslar jihatidan cheklovlarga ega. Shu sababli parallel raqamli ishlov berish texnologiyalaridan foydalanish biomeditsina signallarini tezkor va aniq tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu maqolada katta hajmdagi biomeditsina signallarga parallel raqamli ishlov berish modeli, uning arxitekturasi, algoritmik asoslari va amaliy samaradorligi tahlil qilinadi.



