ROMAN JANRI: TARIX VA ZAMONAVIY HOLAT
收藏资源简介:
Mazkur tezisda roman janrining shakllanish tarixi, badiiy-estetik xususiyatlari hamda zamonaviy adabiyotdagi rivojlanish tendensiyalari yoritiladi. Roman janrining qadimgi epik va xalq og‘zaki ijodi an’analaridan kelib chiqib, Yevropa adabiyotida mustaqil janr sifatida shakllanish jarayoni tahlil qilinadi. Xususan, roman janrining ilk klassik namunalari va uning realizm, romantizm hamda modernizm davrlaridagi taraqqiyoti ko‘rib chiqiladi. Tezisda romanning asosiy belgilari — keng qamrovli syujet, murakkab obrazlar tizimi, ijtimoiy va psixologik muammolarni chuqur yoritish imkoniyati — ilmiy-nazariy jihatdan izohlanadi. Zamonaviy romanlarda janr chegaralarining kengayishi, ichki monolog, ong oqimi, polifonik uslub kabi badiiy tajribalar kuchaygani ta’kidlanadi.



