YER OSTIDA ERITMAGA O'TKAZISH ERITMALARIDAN URANNI ELEKTROSORBSION AJRATIB OLISH IMKONIYATI
收藏DataCite Commons2026-05-05 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20034676
下载链接
链接失效反馈官方服务:
资源简介:
Mazkur ishda yer ostida eritmaga o‘tkazish texnologiyasi asosida olingan eritmalardan uranni elektrosorbsion usulda ajratib olish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Elektrosorbsiya jarayonining nazariy asoslari, ya’ni elektrokinetik va ion almashinish mexanizmlarining o‘zaro ta’siri ko‘rib chiqilgan. Uran ionlarining (UO₂²⁺) sorbent yuzasiga elektr maydoni ta’sirida selektiv yutilishi jarayon samaradorligini oshirishi asoslab berilgan. Shuningdek, jarayonga ta’sir etuvchi asosiy omillar — pH muhiti, elektr kuchlanishi, elektrod materiali va eritma tarkibi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari elektrosorbsion usulning past konsentratsiyali eritmalardan uranni ajratishda yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu usulning ekologik xavfsizligi va iqtisodiy afzalliklari uni sanoat miqyosida qo‘llash imkoniyatini oshiradi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-05



