BANKDAN TASHQARI MOLIYA-KREDIT MUASSASALAR
收藏资源简介:
Mazkur maqolada bankdan tashqari moliya-kredit muassasalarining zamonaviy moliya tizimidagi o‘rni, iqtisodiyotdagi funksional ahamiyati hamda moliyaviy barqarorlikka ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida ushbu muassasalarning paydo bo‘lish omillari, rivojlanish bosqichlari va ularning bank tizimini to‘ldiruvchi muhim institut sifatidagi roli ochib beriladi. Shuningdek, mikroqarz tashkilotlari, lombardlar, kredit uyushmalari, sug‘urta kompaniyalari va lizing tashkilotlarining moliyaviy xizmatlar bozoridagi faoliyati chuqur yoritilib, ularning aholining moliyaviy inklyuziyasini oshirishdagi hissasi asoslab beriladi. Maqolada mavjud muammolar va cheklovlar ham tanqidiy tahlil qilinib, bankdan tashqari moliya-kredit muassasalarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari moliya sohasida tahsil olayotgan talabalar, tadqiqotchilar hamda amaliyotchi mutaxassislar uchun nazariy va amaliy jihatdan foydali bo‘lishi mumkin.



