TEBRANAYOTGAN BALKANING AMPLITUDA-CHASTOTA XARAKTERISTIKASINI ANIQLASH
收藏资源简介:
Ushbu maqolada tebranayotgan balkaning amplituda-chastota xarakteristikasini eksperimental usulda aniqlash jarayoni TM 155 Erkin va majburiy tebranishlar apparatida tadqiq qilindi. Mazkur tadqiqot mexanik konstruksiyalarda tebranish jarayonlarini chuqur tahlil qilish, ularning barqarorligini oshirish hamda rezonans sababli yuzaga keladigan nosozliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rezonans holatiga sabab bo’ladigan mexanik konstruksiyalardagi xususiy va majburiy tebranish chastotalari tajribada aniqlanish jarayonlari o’rganilgan Olingan eksperimental natijalar nazariy ma’lumotlar bilan taqqoslanib, ular orasidagi moslik darajasi tahlil qilindi. Maqola mexanika, mashinasozlik va matematik modellashtirish yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar hamda ilmiy tadqiqotchilar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.



