遇见数据集

TA'LIM JARAYONIDA KOMPYUTER TEXNIK VOSITALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH

收藏
Zenodo2026-01-31 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida kompyuter texnik vositalaridan samarali foydalanish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalar o‘qitish jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan bir sharoitda, kompyuter vositalarining didaktik imkoniyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Tadqiqotda kompyuter texnik vositalarining o‘quv jarayoniga integratsiyalashuvi, ularning ta’lim sifati va samaradorligiga ta’siri, shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatidagi funksional o‘zgarishlar yoritilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda metodik yondashuvlar, interfaol muhitni shakllantirish hamda mustaqil ta’limni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari kompyuter texnik vositalaridan maqsadli va tizimli foydalanish o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish darajasini oshirishga, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Maqola xulosalari ta’lim amaliyotida innovatsion yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-31
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务