RAQAMLI MOLIYA TIZIMIDA KIBERXAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI
收藏资源简介:
Ushbu tezisda raqamli moliya tizimining jadal rivojlanishi sharoitida yuzaga kelayotgan kiberxavfsizlik muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Raqamlashtirilgan bank xizmatlari, mobil to‘lovlar va elektron hamyonlar sonining ortishi bilan axborot xavfsizligi tahdidlari ham kuchayib bormoqda. Tadqiqotda phishing, zararli dasturlar,ma’lumotlar bazasiga noqonuniy kirish, insayder xatarlari kabi asosiy kiber tahdidlar yoritilgan. Shuningdek, ushbu muammolarning moliya institutlarining barqarorligiga va mijozlar ishonchiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Tezisda kiberxavfsizlikni ta’minlashning texnik, tashkiliy va huquqiy choralaridan iborat kompleks yondashuv taklif etiladi. Xususan, kuchli shifrlash texnologiyalaridan foydalanish, ikki bosqichli autentifikatsiya, xalqaro standartlar asosida tartibga solishni kuchaytirish zarurligi asoslab berilad



