GIPOKSIK-ISHEMIK ENSEFALOPATIYA KUZATILGAN CHAQALOQLARDA NEYROPROTEKSIYA
收藏资源简介:
Gipoksik-ishemik ensefalopatiya (GIE) yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda uchraydigan eng dolzarb nevrologik patologiyalardan biri bo‘lib, u perinatal gipoksiya va miya qon ta’minotining buzilishi natijasida rivojlanadi. Ushbu holat markaziy asab tizimi hujayralarining zararlanishiga, neyronlar funksiyasining pasayishiga va uzoq muddatli nevrologik asoratlarga olib kelishi mumkin. Mazkur tadqiqot gipoksik-ishemik ensefalopatiya kuzatilgan chaqaloqlarda neyroprotektiv terapiyaning klinik samaradorligini baholashga qaratilgan. Tadqiqot davomida kompleks davolash fonida neyroprotektiv vositalar qo‘llanilgan chaqaloqlarda nevrologik holatning dinamikasi, reflekslar faolligi va markaziy asab tizimi tiklanish darajasi o‘rganildi. Olingan natijalar erta boshlangan neyroprotektiv davolash gipoksik zararlanish oqibatlarini kamaytirish va chaqaloqlarning hayot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.



