MULOHAZALAR ALGEBRASINING NAZARIY ASOSLARI VA MANTIQIY AMALLARNING QO'LLANISHI
收藏资源简介:
Ushbu maqola mulohazalar algebrasining nazariy asoslarini, uning matematik mantiq va informatsion texnologiyalar rivojidagi o‘rnini chuqur tahlil qiladi. Tadqiqotda mulohazalarning chin-yolg‘on qiymatlariga asoslangan tasnifi, elementar va murakkab mulohazalar o‘rtasidagi bog‘liqlik, shuningdek mantiqiy amallarning mazmuni batafsil yoritilgan. Inkor, kon’yunksiya, diz’yunksiya, implikatsiya va ekvivalensiya amallarining formal ta’riflari, ularning chinlik jadvallari va amaliy misollar orqali qo‘llanishi izohlanadi. Shuningdek, maqolada mulohazalar algebrasining zamonaviy kompyuter texnologiyalari, raqamli tizimlarni loyihalash, algoritmlarni optimallashtirish va sun’iy intellekt jarayonlaridagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, matematik model qurish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ta’lim jarayonida mantiq fanini samarali o‘qitishga xizmat qiladi.



