遇见数据集

SENTINEL-2 SUN'IY YO'LDOSH TASVIRLARI VA GOOGLE EARTH ENGINE PLATFORMASI YORDAMIDA PAXTA DALALARIDA SUG'ORISH CHASTOTASINI MASOFAVIY ANIQLASH: SIRDARYO VILOYATI MISOLIDA (2026 YIL)

收藏
Zenodo2026-11-04 更新2026-11-05 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu tadqiqotda Sentinel-2 sun‘iy yo‘ldosh tasvirlari va Google Earth Engine (GEE) bulutli hisoblash platformasi yordamida paxta dalalarida mavsum davomida sug‘orish chastotasini masofadan aniqlash metodikasi taqdim etiladi. Metodika suv va namlikning qisqa to‘lqinli infraqizil (SWIR, B11 bandi) nurni kuchli yutish xususiyatiga asoslanadi: dala kontur ichidagi normallashtirilgan SWIR qiymati ma’lum chegaradan past bo‘lgan piksellar ulushi (wet_pct) oy bo‘yicha kalibrlangan chegaraviy qiymatlar bilan solishtiriladi va har bir dala uchun "bor" (namlik/sug‘orish izi bor) yoki "yo‘q" qarori chiqariladi. Metodika Sirdaryo viloyatida ekin turi klassifikatsiyasi orqali paxta sifatida aniqlangan 2390 ta dala konturiga, 2026 yil aprel–iyul davridagi 12 ta sifat mezonlariga (bulutlilik ≤ 10%, hudud qoplamasi ≥ 90%) javob bergan Sentinel-2 kuzatuv sanasiga nisbatan qo‘llanildi. Natijalarga ko‘ra, "bor" holati qayd etilgan dalalar ulushi mavsum boshida (aprel, ~2–5%) past bo‘lib, iyul oyiga borib 35–49% gacha ortdi — bu paxtaning gullash/hosil shakllanish davrida suvga bo‘lgan ehtiyoji ortishi bilan uyg‘un keladi. Kuzatilgan davr mobaynida bir dala o‘rtacha 1,8 marta (median — 2 marta) namlik holati bilan qayd etildi, dalalarning 25,5%ida (609 ta) esa hech qanday sanada namlik izi topilmadi. Maqolada metodikaning imkoniyatlari, cheklovlari (threshold‘larning mahalliy kalibratsiyasi, kuzatuv sanalari orasidagi tengsiz oraliqlar, yomg‘irni sug‘orishdan ajratib bo‘lmasligi) va keyingi bosqichda dala kuzatuvlari bilan validatsiya qilish zarurati muhokama qilinadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-11-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务