TA'LIM TIZIMIDA INNOVATSIYA, INTEGRATSIYA VA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
收藏资源简介:
Sun’iy intellekt (AI) ning tez sur’atlarda rivojlanishi ko‘plab sohalarga, jumladan ta’limga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. AI texnologiyalari ingliz tilini chet tili sifatida (EFL) o‘qitish va o‘rganishda yangi usullarni olib keldi. Ushbu maqolada AI ning til ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, ta’limni individuallashtirish hamda o‘qituvchilarga yordam berishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot oldingi adabiyotlar sifatli (qualitative) tahliliga asoslangan bo‘lib, AI ni til o‘qitish jarayoniga joriy etishning afzalliklari va muammolarini yoritadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, AI an’anaviy EFL darslarini yanada qiziqarli, samarali va o‘quvchiga yo‘naltirilgan qilish imkonini beradi. Biroq, uni muvaffaqiyatli qo‘llash uchun to‘g‘ri tayyorgarlik, axloqiy masalalarni hisobga olish va an’anaviy o‘qitish usullari bilan muvozanatli tarzda qo‘llash zarur.



