遇见数据集

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA INVESTITSION QARORLAR QABUL QILISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

收藏
Zenodo2026-08-07 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida sun’iy intellekt texnologiyalari asosida investitsion qarorlar qabul qilish samaradorligini baholash metodologiyasini takomillashtirishning nazariy, uslubiy va amaliy jihatlari yoritilgan. Investitsiya jarayonida ma’lumotlar hajmining ortishi, bozor o‘zgaruvchanligi, xatarlarning murakkablashuvi va kapital taqsimotida tezkorlik talabining kuchayishi an’anaviy moliyaviy tahlil vositalarini zamonaviy algoritmik yondashuvlar bilan boyitishni zarur qiladi. Sun’iy intellekt texnologiyalari katta ma’lumotlarni qayta ishlash, investitsion risklarni prognozlash, portfel tarkibini optimallashtirish, aktivlar qiymatini baholash, senariy modellashtirish va qaror qabul qiluvchi subyektga dalillarga asoslangan tavsiyalar berish imkonini yaratadi. Maqolaning metodologik asosini tizimli, iqtisodiy-matematik, ehtimollik-statistik, riskka yo‘naltirilgan, ma’lumotlarga asoslangan va institutsional yondashuvlar tashkil etadi. Jahon tajribasida Markowitz, Sharpe, Fama, Damodaran, Russell, Norvig, Goodfellow, Brynjolfsson kabi olimlarning portfel nazariyasi, kapital aktivlarni baholash, samarali bozor gipotezasi, investitsion baholash hamda sun’iy intellektga oid qarashlari tahlil qilindi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-07
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务