MARKAZIY OSIYO DAVLATLAR BARQAROR RIVOJLANISHIGA DOIR EKOSIYOSAT
收藏资源简介:
Mazkur maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining barqaror rivojlanishga doir ekosiyosatning shakillanishi, uning asosiy yo‘nalishlari hamda zamonaviy tendensiyalari ilmiy-nazariy jihatdan keng va tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotda mintaqadagi dolzarb ekologik muammolar, xususan, suv resurslarining keskin kamayishi, global iqlim o‘zgarishi, Orol va orol bo‘yida sodir bo’layotgan jadal ravishdagi cho’llanish jarayonlarining kuchayishi hamda sanoatlashuv va urbanizatsiyaning atrof-muhitga salbiy ta’siri batafsil ko’rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Tojikiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ekologik hamkorlik mexanizmlari, ularning amaliy natijalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan olib borilayotgan hamkorlik aloqalari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada barqaror rivojlanish konsepsiyasi doirasida yashil iqtisodiyotga o‘tish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish hamda ekologik xavfsixlikni ta’minlash masalalari alohida ilmiy asosda yoritilgan. Bundan tashqari, mintaqaviy ekologik siyosatni takomillashtirish, transchegraviy ekologik muammolarni hal etish va institutsional mexanizmlarni kuchaytirish bo‘ycha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari Markaziy Osiyo davlatlarida nafaqat ekologik, balki ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligiga ham xizmat qilishi ta’kidlanadi.



