RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MEHNAT BOZORINING TRANSFORMATSIYASI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat bozorida yuz berayotgan tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarga bog‘liqlibgi, bandlik tizimining transformatsiyasi hamda zamonaviy texnologiyalarning ishchi kuchiga ta'siri ilmiy jihatdan ko‘rib chiqilgan. Xususan, sun'iy intellekt, avtomatlashtirish, raqamli platformalar, masofaviy mehnat va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tobora rivojlanishi natijasida yuzaga kelayotgan yangi va zamonaviy kasblar, mavjud kasblarga qo‘yilayotgan malaka talab va darajalari hamda mehnat bozorining raqobatbardoshligini oshirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan "Raqamli O‘zbekiston – 2030" strategiyasi doirasidagi amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlar, IT sohasini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati va ularning bandlikni ta'minlashdagi ahamiyati tahlil etilgan.



