A.S. BYATT HIKOYALARIDA INTERTEKSTUALLIKNING BADIIY FUNKSIYASI.
收藏资源简介:
Annotatsiya:Ushbu maqolada ingliz yozuvchisi A.S. Byatt hikoyalarida intertekstuallikning badiiy funksiyasi tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida yozuvchining The Djinn in the Nightingale’s Eye, The Thing in the Forest, A Stone Woman hamda Medusa’s Ankles hikoyalari tahlil qilinib, ularda qadimgi mifologiya, folklor, diniy manbalar va klassik adabiyot bilan bog‘liq intertekstual aloqalarning badiiy mazmunni shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Maqolada intertekstuallik nafaqat postmodernistik poetikaning muhim belgisi, balki matnning semantik qatlamlarini kengaytiruvchi, qahramonlar xarakterini chuqurlashtiruvchi va kitobxonni faol talqin jarayoniga jalb etuvchi badiiy vosita sifatida baholanadi. Tadqiqot natijalari A.S. Byatt hikoyalarida intertekstual aloqalar muallifning individual uslubini belgilovchi muhim poetik omillardan biri ekanligini ko‘rsatadi.



