O'QUV MUASSASALARIDA KURASHCHILARNING CHIDAMLILIGINI RIVOJLANTRISH VOSITALARI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada o‘quv muassasalarida tahsil olayotgan yosh kurashchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, xususan ularning umumiy va maxsus chidamlilik qobiliyatini shakllantirish hamda rivojlantirish muammosi ko‘rib chiqilgan. Chidamlilikni oshirishda zamonaviy sport pedagogikasi va murabbiylik amaliyotida qo‘llanilayotgan vosita va metodlar, ularning sportchilar organizmiga ta’sir mexanizmlari, individual yondashuv asosida qo‘llanilishi hamda mashg‘ulotlarning samaradorligini ta’minlovchi omillar chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot davomida eksperimental dastur ishlab chiqilib, tajriba-sinov ishlari orqali uning natijalari baholangan. Mazkur dastur doirasida plyometrik yuklamalar, yuqori intensivlikdagi intervallar, funksional mashqlar, sparring va nafas olish chidamliligini oshiruvchi maxsus topshiriqlar majmuasi joriy etilgan. Olingan natijalar asosida kurashchilarning chidamliligini rivojlantirishda samarali yondashuvlar bo‘yicha taklif va xulosalar ishlab chiqilgan.



