TALABALARNI MA'NAVIY QADRIYATLAR ASOSIDA AXLOQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK SHART-SHAROITLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada talabalarni ma’naviy qadriyatlar asosida axloqiy madaniyatini rivojlantirishning pedagogik va psixologik shart-sharoitlari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqotda globallashuv jarayonlari sharoitida yoshlar ongida ma’naviy bo‘shliqning yuzaga kelish xavfi, axloqiy qadriyatlarning transformatsiyasi va bu jarayonning ta’lim tizimiga ta’siri chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada pedagogik jarayonda milliy va umuminsoniy qadriyatlar integratsiyasi, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, refleksiv faoliyat, ijtimoiy-psixologik muhitning ahamiyati hamda tarbiyaviy ta’sirning samarali usul va vositalari yoritilgan. Psixologik nuqtai nazardan esa, talabalar shaxsida empatiya, ijtimoiy mas’uliyat, axloqiy qaror qabul qilish kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlari asoslab berilgan.



