ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA MAHSULOT TANNARXINI BOSHQARISHNING IQTISODIY ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada sanoat korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini shakllantirish, boshqarish va tartibga solishning nazariy hamda amaliy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida klassik va neoklassik iqtisodiy maktab vakillarining ishlab chiqarish xarajatlariga oid ilmiy qarashlari o‘rganilib, mahsulot tannarxi va ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yoritilgan. Shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarining doimiy va o‘zgaruvchan turlari, bevosita va bilvosita xarajatlarning iqtisodiy mohiyati hamda ularni mahsulot tannarxiga olib borish usullari tahlil etilgan. Maqolada xalqaro buxgalteriya hisobi tamoyillari asosida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish mexanizmlari hamda mahalliy sanoat korxonalarida xarajatlarni taqsimlashning amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan.



