INTERAKTIV TA'LIM PLATFORMALARINING SAMARADORLIGINI BAHOLASHDA FORMATIV VA SUMMATIV YONDASHUVLAR
收藏资源简介:
Annotatsiya: Ushbu tezisda zamonaviy raqamli pedagogika sharoitida interaktiv ta’lim platformalari samaradorligini monitoring qilish va baholash masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda masofaviy va aralash ta’lim muhitida talabalarning o‘quv faoliyatini tahlil qilishda formativ (shakllantiruvchi) va summativ (jamlovchi) yondashuvlarning o‘rni, didaktik vazifalari hamda o‘zaro farqlari ochib berilgan. Muallif tomonidan interaktiv platformalardagi "raqamli izlar" (learning analytics) va tezkor qayta aloqa mexanizmlarining ta’lim sifatini real vaqt rejimida boshqarishdagi ahamiyati asoslangan. Tezisning yakuniy qismida raqamli ta’lim muhitini optimallashtirish va yakuniy samaradorlik indeksini aniqlashda har ikki yondashuvning integratsiyalashgan modelidan foydalanish zaruriyati ilmiy xulosalangan.



