遇见数据集

2-TUR QANDLI DIABET BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA YURAK ISHEMIK KASALLIGINING PATOFIZIOLOGIK ASOSLARI: ADABIYOTLAR SHARHI

收藏
Zenodo2026-08-26 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada 2-tur qandli diabet (QD2) bilan og’rigan bemorlarda yurak ishemik kasalligi (YIK) rivojlanishining patofiziologik mexanizmlari adabiyotlar tahlili asosida yoritilgan. QD2 bilan og’rigan bemorlarda YIKdan o’lim ko’rsatkichi umumiy populatsiyaga nisbatan bir necha baravar yuqori bo’lib, bu holat insulin rezistentligi, surunkali giperglikemiya, endotelial disfunksiya, ilg’or glikatsiyalangan oxirgi mahsulotlar (AGE) hosil bo’lishi, diabetik dislipidemiya, subklinik surunkali yallig’lanish, oksidativ stress, protrombotik holat, diabetik avtonom neyropatiya va koronar mikrovaskulyar disfunksiya kabi bir-biri bilan chambarchas bog’liq mexanizmlar majmui bilan izohlanadi. Alohida e’tibor diabetik avtonom neyropatiya natijasida rivojlanuvchi og’riqsiz (sokin) miokard ishemiyasi muammosiga qaratilgan, chunki aynan shu holat QD2 bemorlarida YIKning atipik va kech aniqlanishining asosiy sababi hisoblanadi. Maqolada keltirilgan patofiziologik tahlil QD2 bemorlarida YIKni erta aniqlashning zamonaviy biokimyoviy va instrumental usullarini qo’llash zaruratini ilmiy jihatdan asoslaydi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-26
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务