ECONOMIC AND CULTURAL RELATIONS BETWEEN THE UZBEK SSR AND THE POLISH PEOPLE'S REPUBLIC (1960S–1970S).
收藏资源简介:
Mazkur maqolada Oʻzbekiston SSR va Polsha Xalq Respublikasi oʻrtasidagi madaniy hamda iqtisodiy aloqalar arxiv materiallari asosida ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda 1960–1970-yillarda ikki davlat oʻrtasida amalga oshirilgan teatr festivallari, madaniyat kunlari, delegatsiyalar almashinuvi, kino va musiqa sohasidagi hamkorlik hamda tekstil sanoatidagi iqtisodiy munosabatlar oʻrganilgan. Ayniqsa, 1976-yilda oʻtkazilgan “Polsha madaniy kunlari” festivali Oʻzbekiston SSR hududida Polsha dramaturgiyasining keng targʻib qilinganini koʻrsatadi. Shuningdek, Toshkent tekstil kombinati faoliyati misolida iqtisodiy aloqalarning ishlab chiqarish, eksport va texnologik tajriba almashinuvidagi oʻrni ochib beriladi. Tadqiqot natijalari Oʻzbekiston SSR va Polsha oʻrtasidagi hamkorlik sovet davridagi xalqaro madaniy aloqlarning muhim tarkibiy qismi boʻlganini koʻrsatadi.



