遇见数据集

MUHAMMAD ALIXONNING NAVOIYGA BOG'LAGAN MUXAMMASI ("Sen paridin" taxmisi poetik tahlili)

收藏
Zenodo2026-02-11 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotidagi musammat janrlaridan biri bo‘lgan muxammas va taxmisning shakllanishi, poetik xususiyatlari hamda Alisher Navoiy g‘azallariga bog‘langan namunalar ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Xususan, Qo‘qon xoni va shoiri Said Muhammad Alixon (Xon) tomonidan yaratilgan “Sen paridin” deb boshlanuvchi muxammasning matnshunoslik, janrshunoslik va poetik jihatlari o‘rganiladi. Asarning Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari instituti fondida D400 raqami ostida saqlanayotgan nusxasi asosida Xon muxammasining Alisher Navoiyning “Ko‘nglum o‘rtansun agar g‘ayringg‘a parvo aylasa” g‘azaliga taxmis ekani ilmiy asosda isbotlanadi. Tadqiqotda mazkur muxammasdagi rashk, sadoqat, ishqiy qat’iyat va yagonalik g‘oyalari Navoiy g‘azali bilan qiyosiy tahlil qilinadi hamda Xon ijodining XIX asrdagi navoiyona an’analar davomchisi sifatidagi o‘rni yoritiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-11
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务