MARKAZIY OSIYO TRANSCHEGRAVIY DARYOLAR XAVFSIZLIGI MASALASI
收藏资源简介:
Markaziy Osiyoda transchegaraviy daryolar xavfsizligi mintaqaning suv resurslariga bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy tarmoqlari, ekologik barqarorligi va ijtimoiy-siyosiy turg‘unligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada Amudaryo va Sirdaryo havzalaridagi mavjud muammolar tahlil qilinib, suv resurslaridan foydalanish va boshqarishdagi asosiy xavflar belgilangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, iqlim o‘zgarishi ta’sirida muzliklarning jadal erishi va suv oqimining qisqarishi, sovet davridan qolgan suv xo‘jaligi infratuzilmasining eskirishi, aholi sonining o‘sishi hamda Afg‘onistonning Qosh Tepa kanali loyihasi kabi omillar mintaqadagi suv xavfsizligi muammosini chuqurlashtirmoqda. Maqolada nufuzli xalqaro tashkilotlarning (Rivers Without Boundaries, UNECE, UNDP, World Bank va boshqalar) so‘nggi hisobotlariga asoslangan holda muammoning miqyosi baholanadi va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.



