遇见数据集

IMMUNOLOGIK MARKERLAR ASOSIDA GUILLAIN–BARRÉ SINDROMINI ERTA ANIQLASH VA KORREKSIYALASH

收藏
Zenodo2026-01-30 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Guillain–Barré sindromi (GBS) — bu periferik asab tizimini zararlovchi o‘tkir autoimmun poliradikulonevropatiya bo‘lib, tez rivojlanadigan mushak kuchsizligi, reflekslarning yo‘qolishi va ayrim hollarda nafas yetishmovchiligi bilan kechadi. Kasallik ko‘pincha infeksiyalardan (Campylobacter jejuni, sitomegalovirus, Epstein–Barr virusi, Zika virusi) so‘ng rivojlanadi.(1-4) GBSni erta aniqlash hayot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu jarayonda immunologik markerlar muhim diagnostik vosita hisoblanadi. Guillain–Barré sindromi (GBS) periferik asab tizimini zararlovchi o‘tkir, immun vositachiligidagi kasallik bo‘lib, tez rivojlanadigan mushak kuchsizligi, arefleksiya va og‘ir holatlarda nafas yetishmovchiligi bilan namoyon bo‘ladi.(2)Kasallikning dastlabki bosqichlarida klinik belgilar o‘zgaruvchan bo‘lgani sababli erta tashxis qo‘yish qiyinchilik tug‘diradi. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar GBS patogenezida immunologik mexanizmlar yetakchi o‘rin tutishini ko‘rsatib, immunologik markerlarning erta diagnostika va davolash taktikasini belgilashdagi ahamiyatini oshirdi.GBS ko‘pincha oldindan kechgan infeksiyalardan so‘ng molekulyar mimikriya mexanizmi orqali rivojlanadi.(3-5) Bu jarayonda periferik nerv tolalari komponentlariga, ayniqsa gangliozidlarga qarshi autoantitanachalar ishlab chiqiladi. Anti-GM1, anti-GD1a, anti-GD1b va anti-GQ1b kabi anti-gangliozid antitanachalar GBSning ayrim klinik shakllari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, kasallik og‘irligini va kechishini baholashda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, TNF-α, IL-6 va IL-17 kabi yallig‘lanish sitokinlarining oshishi hamda komplement tizimi faollashuvi nerv tolalari shikastlanishining immunologik asosini aks ettiradi.Immunologik markerlarni aniqlash GBSni erta tashxislash, uning klinik variantlarini farqlash va individual davolash usullarini tanlash imkonini beradi.(7-9)Immunologik korreksiyalashda vena ichiga immunoglobulin (IVIG) yuborish va plazmaferez asosiy davolash usullari bo‘lib, ular patogen autoantitanachalarni kamaytirish va immun yallig‘lanishni bostirishga qaratilgan.Mazkur sharhda Guillain–Barré sindromini erta aniqlash va korreksiyalashda immunologik markerlarning o‘rni yoritilib, shaxsiylashtirilgan davolash strategiyalarini ishlab chiqishdagi ahamiyati ta’kidlanadi

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-30
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务