O'QUVCHILARNING TABIIY FAN BO'YICHA SAVODXONLIK KO'NIKMALARINI XALQARO BAHOLASH DASTURLARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
收藏资源简介:
Annotatsiya. Ushbu tezisda o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik ko‘nikmalarini PISA va TIMSS kabi xalqaro baholash dasturlari talablari asosida takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishda o‘quvchining faqat nazariy bilimlarni o‘zlashtirishi emas, balki tabiiy hodisalarni ilmiy tushuntirish, muammoni aniqlash, dalillarni tahlil qilish, ma’lumotlarni talqin etish, xulosa chiqarish va olingan bilimlardan kundalik hayotda foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish muhimligi asoslangan. PISA va TIMSS xalqaro tadqiqotlarining tabiiy fanlarni baholashga doir asosiy yondashuvlari qiyosiy tahlil qilinib, ularni umumiy o‘rta ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning metodik imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.



