遇见数据集

MOLIYAVIY SANKSIYALARNI "INSTITUTSIONAL SHOK" SIFATIDA MODELLASHTIRISH: IQTISODIY TIZIMNING ICHKI QAYTA KONFIGURATSIYASI

收藏
Zenodo2026-01-16 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada moliyaviy sanksiyalar an’anaviy ravishda tashqi siyosiy bosim yoki jazolash vositasi sifatida talqin qilinishidan voz kechilib, ular iqtisodiy tizimga chuqur va majburiy ta’sir ko‘rsatuvchi institutsional shok sifatida konseptual jihatdan qayta izohlanadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi moliyaviy sanksiyalar sharoitida iqtisodiy tizimning ichki institutlari, ularning o‘zaro bog‘liqligi va funksional rollari qanday mexanizmlar orqali qayta konfiguratsiyalanishini nazariy asosda modellashtirishdan iborat. Tadqiqot institutsional iqtisodiyot va tizimli tahlil yondashuvlariga tayanib, sanksiyalarning moliyaviy institutlar, ishonch mexanizmlari hamda iqtisodiy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’sirini chuqur tahlil qiladi (North, 1990; Williamson, 2000). Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy sanksiyalar qisqa muddatda institutsional beqarorlik va noaniqlikni kuchaytirsa-da, uzoq muddatda iqtisodiy tizimning ichki moslashuv mexanizmlarini faollashtirib, yangi institutsional konfiguratsiyaning shakllanishiga olib keladi. Ushbu jarayonda samaradorlikdan ko‘ra barqarorlik ustuvor ahamiyat kasb etadi, bu esa iqtisodiy rivojlanish trayektoriyasini tubdan o‘zgartiradi (Acemoglu & Robinson, 2012).

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-16
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务