BIOMIMETIK XITOZAN–KOLLAGEN/GIDROKSIAPATIT GIBRID NANOKOMPOZITLARINING SINTEZI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada xitozan–kollagen/gidroksiapatit (XZ–Koll/GAp) gibrid nanokompozitlari in situ biomineralizatsiya usuli asosida sintez qilinib, gidroksiapatit nanokristallarining biopolimer matritsa ichida shakllanish qonuniyatlari o‘rganildi. Rentgenfazaviy tahlil natijalari 2θ ≈ 25,83° va 31,99° sohalarda kuzatilgan refleksiyalar JCPDS 09-0432 standartiga mos kelishini hamda 1,9–11,6 nm o‘lchamdagi nanokristall gidroksiapatit fazasi hosil bo‘lganligini ko‘rsatdi. SEM tahlillari asosida kompozitning zich va uzluksiz mikroqo‘pol gibrid tuzilishga ega ekanligi, sirt notekisligining maksimal qiymati esa ≈452 nm ni tashkil qilishi aniqlandi. Olingan natijalar xitozan–kollagen/GAp kompozitlarining biomimetik va biofaol xususiyatlarga ega ekanligidan kelib chiqib, ularni suyak to‘qima muhandisligi uchun samarali gibrid biomaterial sifatida qo‘llashga tavsiya etadi.



