遇见数据集

KORXONA BARQARORLIGINI TA'MINLASHDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TIZIMLARINING O'RNI

收藏
Zenodo2026-06-02 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada zamonaviy korxonalar barqarorligini ta’minlashda oziq-ovqat xavfsizligi tizimlarining, xususan, xalqaro menejment standartlarining tutgan o‘rni va iqtisodiy ahamiyati ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Xalqaro adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar va ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili asosida xavfsizlik menejmenti korxonaning nafaqat sanitariya-gigiyena holatini, balki uning moliyaviy barqarorligi, eksport salohiyati va korporativ obro‘sini belgilovchi strategik omil ekanligi asoslab berilgan. Tadqiqotda standartlashtirish jarayonlarining soha iqtisodiyotiga ta’siri baholanib, 2025-yilga qadar respublika miqyosida strategik maqsadli ko‘rsatkichlar sifatida ISO 22000 standartini 45 ta hamda HACCP tizimini 81 ta korxonada joriy etish orqali tarmoqning uzoq muddatli barqarorligiga erishish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada ishlab chiqarish amaliyotida kuchli oziq-ovqat xavfsizligi madaniyatini shakllantirish va xalqaro talablarga moslashish orqali korxonalarning global bozordagi raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar taqdim etilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-02
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务