SUN'IY INTELLEKTNING KINO IJODIY JARAYONLARIGA INTEGRATSIYASI VA UNING KREATIV INDUSTRIYA RIVOJIGA TA'SIRI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining kino ijodiy jarayonlariga integratsiyasi hamda uning kreativ industriya rivojiga ta’siri tizimli ravishda tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida sun’iy intellektning ssenariy yozish, pre-prodakshn, tasvirga olish, post-prodakshn, marketing va distribyutsiya jarayonlaridagi qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilindi. Maqolada generativ modellar, avtomatik montaj tizimlari, vizual effektlar yaratish algoritmlari hamda auditoriya tahliliga asoslangan intellektual marketing yechimlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt texnologiyalarining kino ishlab chiqarish samaradorligini oshirishi, vaqt va xarajatlarni qisqartirishi hamda ijodiy jarayonlarni yangi bosqichga olib chiqishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, SI texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘liq huquqiy va axloqiy muammolar ham yoritildi. Maqola yakunida milliy kino sanoatida sun’iy intellektdan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.



