ZAMONAVIY JAMIYATDA GENDER TENGLIKNING AHAMIYATI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda gender tenglikning nazariy asoslari, mazmun-mohiyati va uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi tutgan o‘rni keng yoritilgan. Gender tenglik inson huquqlari va ijtimoiy adolat tamoyillarining ajralmas qismi sifatida qaralib, uning ta’lim, bandlik, siyosiy ishtirok hamda ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi. Maqolada erkaklar va ayollar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash orqali jamiyatning barqaror rivojlanishiga erishish mumkinligi ilmiy asosda ochib beriladi. Shuningdek, gender tenglikni ta’minlash yo‘lida uchrayotgan muammolar, jumladan stereotiplar, ijtimoiy to‘siqlar va iqtisodiy tengsizliklar ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etishning samarali yo‘llari taklif etiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, gender tenglikni qaror toptirish jamiyat taraqqiyoti, inson kapitalining rivoji va farovonlik darajasining oshishida muhim omil hisoblanadi.



