LEYKOTSITLARNING TARMOQLI IMMUN MONITORINGI UCHUN SUN'IY INTELLEKT ASOSIDAGI YONDASHUVLAR
收藏资源简介:
Immunitet tizimining asosiy qismi hisoblangan leykotsitlar organizmning himoya mexanizmlarini tahliga solish va ularning holatini monitoring qilish zamonaviy tibbiyotning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. An‘anaviy laboratoriya usullari leykotsitlarning turlari, migdori va funksional holatini o‘rganishda cheklovchanliklarga ega bo‘lib, ulardan eng muhimi ma’lumotlarni kompleks tahlil qilish va uzoq muddatli monitoringni amalga oshirishdagi qiyinchiliklardir. Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari, ayniqsa chuqur o‘rganish, mashina o‘rganishi va tabiiy tilni qayta ishlash usullari, immunologik monitoring sohasida yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Ushbu sharhli maqolada 2015-2025-yillarda e’lon qilingan ilmiy tadqiqotlar asosida leykotsitlarning tarmoqli immun monitoringi uchun qo‘llaniladigan SI asosidagi yondashuvlar tizimli tahliga olinadi. Maqolada periferik qon, ko‘ik to‘qimalari va boshqa biologik namunalardan olingan leykotsitlar tasvirlarini avtomatlashtirilgan tahlil qilish, ularning subpopulyatsiyalarini ajratish, faollik darajasini baholash va patologik o‘zgarishlarni aniqlashda qo‘llaniladigan algoritmlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, oq qon tanachalarining dinamikasi va immunitet reaktsiyasining turli bosqichlarini bashorat qilish uchun mo‘ljallangan matematik modellar va ularning klinik ahamiyati yoritiladi. SI asosidagi tizimlar leykotsitlarning morfologik xususiyatlarini aniq aniqlash, ularning migdoriy nisbatlarini hisoblash va hatto noyob patologik shakllarni tanish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirganligi ko‘rsatilgan. Ushbu texnologiyalar autoimmun, yallig‘lanishli va onkologik kasalliklarni erta tashxislash, shuningdek, davolash samaradorligini monitoring qilishda katta ahamiyatga ega. Biroq, ma’lumotlar bazasining cheklanganligi, algoritmlarning umumlashtirish qobiliyatining yetarli emasligi va qora quti muammosi kabi cheklovlar mavjudligi ham qayd etilgan. Kelajakda, sun’iy intellekt asosidagi immun monitoring tizimlarining aniqligi, ishonchliligi va klinik amaliyotga integratsiyasini oshirish yo‘nalishidagi istiqbollar taqdim etilgan. Ushbu maqola sun’iy intellekt va immunologiyaning integratsiyasi orqali shaxsiylashtirilgan tibbiyot va aniq tashxis sohasidagi yangi imkoniyatlarni ochib beradi.



