MAKTAB O'QUVCHILARIDA INGLIZ TILIDA SO'ZLASHISH QO'RQUVINI (FOREIGN LANGUAGE ANXIETY) ROLLI O'YINLAR VA DRAMA TEXNIKASI ORQALI BARTARAF ETISH METODIKASI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida xorijiy tilni o‘rganish va unda so‘zlashish jarayonida yuzaga keladigan psixologik to‘siq – til o‘rganish qo‘rquvini (Foreign Language Anxiety) kamaytirish masalalari tadqiq qilingan. Tadqiqot doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli tumani 42-sonli maktabning 9-sinf o'quvchilari misolida rolli o‘yinlar (role-play) va drama texnikalarining o‘quvchilarning nutqiy faolligiga ta’siri amaliy jihatdan o‘rganildi. Tajriba-sinov ishlari E. Horwitzning xalqaro standartlashtirilgan FLCAS (Foreign Language Classroom Anxiety Scale) so‘rovnomasi asosida tashkil etilib, tajriba va nazorat guruhlari kesimida tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, drama metodlarini muntazam qo‘llash o‘quvchilarda nutqiy xavotirlik darajasini 28.5% ga kamaytirish va darsdagi og‘zaki nutq faolligini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.



