Bo'lajak o'qituvchilarning loyihalash kompetentligini shakllantirish
收藏资源简介:
Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning loyihalash kompetentligini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda kompetensiyaviy yondashuv, faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim hamda innovatsion pedagogik texnologiyalar integratsiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda loyihalash kompetentligini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, loyiha asosida o‘qitish, muammoli ta’lim va raqamli ta’lim texnologiyalarining ushbu kompetentlikni shakllantirishdagi o‘rni empirik jihatdan o‘rganilgan. Tajriba-sinov natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik loyihalash, darsni modellashtirish, refleksiv tahlil qilish hamda kasbiy qaror qabul qilish ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantiradi. Tadqiqot natijalari pedagogik ta’lim sifatini oshirish va o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga samarali tayyorlashga xizmat qiladi.



