遇见数据集

B2B VA B2C SEGMENTLARIDA RAQAMLI MARKETING STRATEGIYALARINI ISHLAB CHIQISH VA BAHOLASH STRATEGIYALARI

收藏
Zenodo2026-10-30 更新2026-11-05 收录
官方服务:

资源简介:

Bugungi kunda jahon iqtisodiyotining globallashuvi va raqamli transformatsiya jarayonlarining jadallashuvi sharoitida B2B (Business-to-Business) va B2C (Business-to-Consumer) segmentlarida samarali raqamli marketing strategiyalarini ishlab chiqish hamda ularning natijadorligini baholash korxonalar raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim omillaridan biriga aylanmoqda. Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda dunyo bo‘yicha internet foydalanuvchilari soni 6 milliard kishiga yetib, jahon aholisining qariyb 74 foizini tashkil etgan. Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data), ijtimoiy tarmoqlar va elektron tijorat platformalarining rivojlanishi korxonalarga iste’molchilar ehtiyojlarini chuqur o‘rganish, maqsadli auditoriyani segmentlash, marketing xarajatlarini optimallashtirish hamda mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirish imkonini bermoqda. Shu bilan birga, B2B segmentida korporativ mijozlar bilan barqaror hamkorlikni rivojlantirish, B2C segmentida esa iste’molchilar faolligini oshirish va individual marketing yondashuvlarini qo‘llash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur global tendensiyalar O‘zbekiston korxonalari uchun ham raqamli marketing strategiyalarini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish, zamonaviy marketing texnologiyalarini joriy etish va ularning iqtisodiy samaradorligini aniq ko‘rsatkichlar asosida baholash zaruratini yuzaga keltirmoqda.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-10-30
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务