SOLIQ MA'MURCHILIGI SAMARADORLIGINI OSHIRISH ORQALI YASHIRIN IQTISODIYOTGA QARSHI KURASH MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada soliq ma’murchiligi samaradorligini oshirish orqali yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish mexanizmlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda yashirin iqtisodiyotning shakllanishiga ta’sir etuvchi institutsional va ma’muriy omillar aniqlanib, soliq tizimini raqamlashtirish, riskga asoslangan soliq nazorati va davlat axborot tizimlari integratsiyasining ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, soliq to‘lovchilarning xulq-atvoriga ta’sir etuvchi rag‘batlantiruvchi mexanizmlar va fiskal ishonchni mustahkamlashning yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirishdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijalari soliq ma’murchiligini takomillashtirish orqali byudjet daromadlarini oshirish va iqtisodiy faoliyat shaffofligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.



