遇见数据集

ZAMONAVIY LOGOPEDIK TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR

收藏
Zenodo2026-05-17 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada zamonaviy logopedik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarning nutq buzilishlarini bartaraf etishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda logopediya sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, multimedia vositalari, interaktiv platformalar, mobil ilovalar hamda neyropsixologik metodlardan foydalanish kengayib bormoqda. Tadqiqot davomida logopedik amaliyotda qo‘llanilayotgan innovatsion metodlarning samaradorligi ilmiy manbalar asosida o‘rganildi. Maqolada bolalarda uchraydigan dislaliya, dizartriya, alaliya, afaziya va boshqa nutq buzilishlarini korreksiya qilishda raqamli texnologiyalarning roli yoritilgan. Shuningdek, logopedik diagnostika va terapiyada multimodal yondashuvlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari innovatsion texnologiyalar logopedik mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirishini, bolalarning motivatsiyasi va kommunikativ faolligini rivojlantirishini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-17
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务