BAHOLASH VA KALKULATSIYA
收藏资源简介:
Ushbu maqolada korxonalarda mahsulot tannarxini shakllantirishda baholash va kalkulatsiya jarayonlarining nazariy hamda amaliy jihatlari atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqotda xarajatlarni to‘g‘ri baholash va aniq kalkulatsiya qilishning moliyaviy natijalarga, boshqaruv qarorlarining sifatiga hamda korxonaning raqobatbardoshligini oshirishdagi o‘rni asoslab beriladi. Shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini tasniflash, ularni hisobga olish usullari va tannarxni aniqlashda uchraydigan muammolar yoritilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy taklif va xulosalar ilgari suriladi. Maqolada baholash va kalkulatsiya jarayonlarining zamonaviy iqtisodiy sharoitdagi ahamiyati ochib berilib, ularning korxona faoliyatini samarali tashkil etishdagi roli ilmiy jihatdan asoslanadi.



