TAKAFUL: ISLOMIY SUG'URTANING MOHIYATI, AN'ANAVIY SUG'URTADAN FARQLARI HAMDA O'ZBEKISTONDAGI HUQUQIY VA IQTISODIY ISTIQBOLLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqola takaful — islom huquqi (shariat) asosidagi sug‘urta modelini ilmiy-huquqiy nuqtai nazardan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada takafulning mohiyati va asosiy tamoyillari, uning an’anaviy sug‘urtadan qanday farq qilishi, qaysi davlatlarda keng qo‘llanilayotgani va jahon bozorida tutgan o‘rni ko‘rib chiqiladi. An’anaviy sug‘urtaning islom huquqi prinsiplariga zid jihatlari — ribo (foiz), g‘arar (noaniqlik) va maysir (qimor) — aniq hayotiy misollar orqali tushuntiriladi. O‘zbekiston sug‘urta bozorining 2024-yildagi statistik ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi, aholining 90 foizdan ortiq qismi musulmonlardan iborat bo‘lgan ushbu mamlakatda shariatga mos sug‘urta tizimiga bo‘lgan talab baholanadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-730) va yaqinda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (O‘RQ-1126) doirasida takafulning joriy huquqiy maqomi tahlil qilinadi.



