GENERATIV SUN'IY INTELLEKT DAVRIDA O'ZBEK TILINING TERMINOLOGIK SUVERENITETI: NEOLOGIZMLAR, TARJIMA VA ME'YOR MUAMMOSI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada generativ sun’iy intellekt davrida o‘zbek tilining terminologik suvereniteti masalasi neologizmlar, tarjima va me’yor muammosi bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining tez rivojlanishi natijasida o‘zbek tiliga “prompt”, “token”, “katta til modeli”, “generativ model”, “chatbot”, “dataset”, “fine-tuning”, “hallucination”, “alignment” kabi ko‘plab yangi terminlar kirib kelmoqda. Bu terminlarning bir qismi xalqaro shaklda qo‘llansa, bir qismi tarjima va kalka orqali, yana bir qismi gibrid neologizm sifatida shakllanmoqda. Tadqiqotning maqsadi generativ AI terminlarining o‘zbek tilida paydo bo‘lish mexanizmlarini aniqlash, ularning tarjima muammolarini yoritish hamda terminologik me’yorlashuv mezonlarini taklif qilishdan iborat. Maqolada tavsifiy, terminologik, semantik, qiyosiy, sotsiolingvistik va kontekstual tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, terminologik suverenitet xalqaro terminlarni inkor etish emas, balki ularni o‘zbek tilining ilmiy, grammatik va kommunikativ imkoniyatlariga mos holda izchil me’yorlashtirish jarayonidir.



