BOLALAR KASALLIKLARI PROPEDEVTIKASI FANINI O'QITISHDA RAQAMLI TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
收藏资源简介:
Mazkur tezisda tibbiy oliy ta’lim muassasalarida bolalar kasalliklari propedevtikasi fanini o‘qitishda raqamli ta’lim vositalaridan foydalanishning pedagogik samaradorligi yoritiladi. Raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni talabalarning nazariy bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirishi, klinik fikrlash va diagnostik ko‘nikmalarni shakllantirishiga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Tadqiqot jarayonida elektron o‘quv resurslari, virtual klinik holatlar, interaktiv simulyatsiyalar va onlayn baholash tizimlarining o‘quv jarayoniga integratsiyalashuvi tahlil qilindi. Natijalar raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish talabalarning o‘quv faolligini oshirishi, mustaqil ta’limini qo‘llab-quvvatlashi hamda individual o‘quv trayektoriyalarini shakllantirish imkonini berishini ko‘rsatdi.



