遇见数据集

SUV XO'JALIGI OBYEKTLARIDA MEHNAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: KASBIY XAVFLARNI BAHOLASH VA RAQAMLI MONITORING TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

收藏
Zenodo2026-08-14 更新2026-08-20 收录
官方服务:

资源简介:

Maqolada suv xo‘jaligi, suv ta’minoti, oqova suvlarni tozalash inshootlari, nasos stansiyalari va gidrotexnik obyektlarda mehnat xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy metodologik yondashuvlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi suv xo‘jaligi obyektlarida mexanik, elektr, kimyoviy, biologik, fizik hamda yopiq ish joylaridagi atmosfera xavflarining bir vaqtda mavjud bo‘lishi bilan izohlanadi. Tadqiqotda xavflarni identifikatsiya qilish, kasbiy risklarni baholash, xavflarni boshqarish ierarxiyasi va raqamli monitoring tamoyillari tizimli ravishda tahlil qilindi. Kasbiy xavfni ehtimollik va oqibat og‘irligi ko‘paytmasiga asoslangan matritsali baholash modeli taklif etildi. Oqova suvlar bilan bog‘liq yopiq va cheklangan joylarda vodorod sulfidi, kislorod yetishmasligi hamda yonuvchan gazlar xavfi alohida tahlil qilindi. Shuningdek, IoT texnologiyalari, gaz analizatorlari, vibratsiya, harorat va suv sathi sensorlari asosida real vaqt rejimidagi raqamli monitoring modeli taklif etildi. Tadqiqot natijalari suv xo‘jaligi obyektlarida mehnat xavfsizligini reaktiv yondashuvdan proaktiv va prognozli boshqaruv modeliga o‘tkazish imkoniyatini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-14
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务