TALABALARDA MUSTAQIL TA'LIM KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MODELI
收藏资源简介:
Maqolada oliy ta’lim talabalarida mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini tizimli rivojlantirishga qaratilgan pedagogik model ishlab chiqilgan. Tadqiqot konseptual-modellashtirish xarakteriga ega bo‘lib, self-directed learning va self-regulated learning nazariyalari, motivatsiya, formativ baholash hamda metakognitiv boshqaruvga oid 15 ta xalqaro manba asosida tizimli kontent-tahlil, qiyosiy tahlil va pedagogik modellashtirish usullari qo‘llanildi. Natijada diagnostik, maqsadli, mazmuniy-faoliyat, monitoring-refleksiv va natijaviy bloklardan iborat besh komponentli model taklif etildi. Model o‘qituvchining nazorat qiluvchi rolidan tutor va fasilitator roliga bosqichma-bosqich o‘tishini, talabaning esa maqsad qo‘yish, rejalashtirish, axborot manbalarini tanlash, vaqt va resurslarni boshqarish, o‘z faoliyatini monitoring qilish hamda refleksiya asosida tuzatish ko‘nikmalarini egallashini nazarda tutadi. Modelning baholash tizimi motivatsion-maqsadli, kognitiv-strategik, tashkiliy-resurs, metakognitiv-refleksiv va natijaviy mezonlar bilan tavsiflandi. Tadqiqot natijalari mustaqil ta’limni alohida uy vazifalari majmuasi sifatida emas, balki o‘quv jarayonining rejalashtiriladigan, kuzatiladigan va tahlil qilinadigan siklik tizimi sifatida tashkil etish zarurligini ko‘rsatadi. Taklif etilgan model fanlararo moslashtirish, LMS analitikasi, portfolio, rubrikalar va peer-feedback bilan integratsiya qilish uchun metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.



