遇见数据集

INGLIZ OMMAVIY NUTQINING O'ZBEK TILIGA TARJIMASIDA AI VA INSON TARJIMONI: LINGVOPRAGMATIK QIYOSIY TAHLIL

收藏
Zenodo2026-09-29 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada ingliz tilidagi ommaviy nutqning o‘zbek tiliga tarjimasida sun’iy intellekt va inson tomonidan amalga oshiriladigan tarjima yondashuvlari lingvopragmatik nuqtai nazardan qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarjimaning leksik-semantik muvofiqligi bilan bir qatorda kommunikativ niyat, implikatura, presuppozitsiya, deyksis, metaforik ifodalar, kontekstual ma’no hamda kommunikativ ta’sirning tarjimada qayta yaratilishi asosiy tahlil mezonlari sifatida belgilanadi. Empirik material sifatida ingliz tilidagi autentik ommaviy nutqlardan olingan fragmentlardan foydalanildi. Ularning sun’iy intellekt yordamida yaratilgan o‘zbekcha variantlari kontekst va lingvopragmatik omillar asosida shakllantirilgan nazorat tarjimalari bilan qiyoslandi. Tahlil natijalari sun’iy intellekt semantik jihatdan maqbul tarjima yaratishi mumkinligini, biroq ayrim metaforik, idiomatik va kontekstga bog‘liq birliklarda pragmatik moslashtirish zarurati yuzaga kelishini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijasida AI yordamidagi ommaviy nutq tarjimasini semantik aniqlik, pragmatik adekvatlik, kontekstual muvofiqlik va kommunikativ ta’sir asosida baholashga mo‘ljallangan to‘rt komponentli konseptual model taklif etiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-29
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务