遇见数据集

AMIR TEMUR-TEMURIYLAR IMPERIYASI ASOSCHISI

收藏
Zenodo2026-05-11 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Amir Temur (09.04.1336),Kesh shahri yaqinidagi Xo‘ja ilg‘or qishlogʻida tugʻilgan. Uning bolaligi Kesh shahrida kechadi. Otasi Taragʻaybek Temurbekni ot minish, ov qilish, yoydan oʻq otishni oʻrgatuvchilarga shogirtlikka beradi. Temurbek 18-20 yoshlarida tulporlarni yaxshi ajrata oladigan epchil otliq va qoʻrqmas bahodir boʻlib ulgʻayadi. Amir Temur tabiatan juda ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan,fahim-farosatli inson boʻlgan. Shu tufayli yigitlik chogʻlaridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli doʻstlarni tanlay olgan. Uning bolalikdagi doʻstlari va maktabdoshlari Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarkara va boshqalar bo‘lgan. Temurbek do‘stlari bilan toʻplanishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, asta-sekin navkar boʻlishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllana borganlar. Keyinchalik uning do‘stlari Amir Temur qoʻshinida ishonchli lashkar va lashkarboshilik darajasigacha koʻtarilganlar.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-11
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务