SUN'IY INTELLEKT DISKURSI TUSHUNCHASI VA UNING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Annotatsiya: Mazkur maqolada sun’iy intellekt diskursining mohiyati, uning zamonaviy lingvistik tadqiqotlardagi o‘rni hamda til tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida inson va mashina o‘rtasidagi kommunikativ munosabatlarning yangi shakllari yuzaga kelmoqda. Ushbu jarayon tilshunoslikda yangi diskursiv makonning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Tadqiqotda sun’iy intellekt diskursining asosiy xususiyatlari, uning leksik-semantik, pragmatik va kommunikativ jihatlari yoritilgan. Shuningdek, ingliz va o‘zbek tillarida sun’iy intellekt bilan bog‘liq terminlarning shakllanishi, qo‘llanishi hamda ularning lingvistik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt diskursining zamonaviy til taraqqiyotidagi o‘rni va istiqbollarini aniqlashga xizmat qiladi.



